Talabalarga imtiyozli çiptalarni onlayn sotiş rejalaştirilmoqda
Kelgusida talabalarga imtiyozli çiptalarni ham onlayn sotib oliş imkoni yaratiladi
Hozirda imtiyozli (çegirmali) çiptalarni onlayn sotib olişning imkoni yöq. Buning uçun talabalar yoki aholining boşqa imtiyozli toifasi albatta kassalarga borişi, kerakli maʼlumotnomalarni şaxsan topşirişi kerak böladi. Bu esa öz navbatida ovogarçiliklar va katta navbatlarni keltirib çiqaradi.
XPK sessiyasida şu haqda ham savol berildi. Bu savolga «Özbekiston temir yöllari» AJ bölim boşliği Fozil Şaripov javob berar ekan, haqiqatdan hozirda imtiyozli çiptalarni sotib oliş, muddatini özgartiriş yoki qaytarişning onlayn imkoni yöqligini taʼkidlab, lekin kelgusida elektron çipta sotiş tizimiga bosqiçma-bosqiç mana şunday funksiyani qöşiş rejalaştirilayotganini maʼlum qildi. Lekin bu aynan qaçon bölişiga aniqlik kiritilmadi.
Umid qilamizki, mutasaddilar köp çözmasdan, byurokratiyani bir çetga surib, çegirmali çipta sotiş tizimini ham elektronlaştira olişadi. Buning texnik yeçimini topiş mumkin va bu unçalik qiyin iş emas.
- 👍 1497


