Talabalar uchun poyezd chiptalarini almashtirish tartibi

Matn7-yanvar, 2022, 14:532 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Oliy taʼlim vazirligi hamda «Öztemiryölyölovçi» AJ talabalarga murojaat bilan çiqdi

Talabalar uçun qişki taʼtil muddati 24-yanvarga qadar uzaytirilgani, bunda talabalarning temir yöl hamda aviaçiptalari boşqa muddatga bepul almaştirib berilişi, şuningdek 50 foizlik çegirmalar muddati 24-yanvarga qadar belgilangani haqida xabaringiz bölsa kerak.

Afsuski, bugun ayrim hududlardagi temir yöl kassalarida biletini almaştirmoqçi bölgan talabalarning katta navbatlari yuzaga kelgan. Çunki qaytiş uçun bilet olgan deyarli hamma talaba joy tugab qolmasidan oldinroq almaştirib qoliş maqsadida kassalarga borişgan. Albatta bunaqa paytda bunça insonga birdek xizmat körsatişning jismoniy imkoni yöq va turnaqator navbatlar hosil bölişi tabiiy.

Şunga köra, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda «Öztemiryölyölovçi» AJ talabalarga murojaat bilan çiqdi. Murojaatlarning asosiy mazmuni quyidagiça:

✅ Qaytiş çiptalari hammaga yetadi va tugab qolmaydi, xavotir olmang;

✅ Agar mabodo zaruriyat tuğilsa qöşimça reys hamda vagonlar qöşiladi;

✅ 24-yanvargaça hali 17 kun vaqt bor va almaştirişga bemalol ulgurişadi, aynan 1 kunda va 1 vaqtda hamma almaştiriş uçun kelişi şart emas;

✅ şahar va tumanlardagi temir yöl kassalarida ham çiptalarni almaştiriş mumkin, aynan viloyat markazlaridagi kassalarga keliş şart emas;

✅ barça kassalar keçayu kunduz işlaydi, agar kunduz kuni navbat juda köp bölsa, keçki payt bemalol paytida kelsangiz ham böladi.

P.S.: biletlarni onlayn almaştiriş imkoniyatini ham yölga qöyişganda zör bölardi, şunda öz-özidan navbatlar ham keskin kamayar edi. Mayli, balki şu kunlarda bunaqa tizimni qilişga ulgurişmas, lekin qaçondir bölişi kerakku. Talabalarning bazasi bor, barça şaxsiy maʼlumotlarni elektron oliş imkoniyati bor, faqat qoğozbozlikdan qutiliş uçun ozgina xohiş va qatʼiyat kerak xolos.

👉@xushnudbek👈

  • 👍 2283
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek