Talabalar va öquvçilar uçun qişki taʼtil kunlari belgilandi
⚡️RASMAN: Talabalar va öquvçilar uçun qişki taʼtil kunlari belgilandi
Oliy taʼlim muassasalari talabalari va akademik litsey hamda professional taʼlim muassasalari öquvçilariga 2019-2020 öquv yili qişki taʼtil davri 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargaça etib belgilandi, deya xabar bermoqda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi.
2019-yil 22-dekabrda Oliy Majlis, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga umumxalq saylovlari ötkazilişi munosabati bilan talabalar va öquvçilarning özi doimiy röyxatdan ötgan yaşaş joyida ovoz berişlari uçun qişki taʼtil muddati özgartirildi.
Bu haqda tegişli qaror Boş vaziri örinbosari raisligida bölib ötgan yiğilişda qabul qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarga ketadigan talaba va öquvçilarning qişki taʼtil paytida doimiy yaşaş joylariga borib-kelişlari uçun qulayliklar yaratiş maqsadida joriy yilning 16-dekabridan 22-dekabr kuniga qadar hamda 2020-yilning 1-yanvaridan 6-yanvariga qadar 50 % çegirma asosida yöl çiptalari sotuvi yölga qöyiladi.
❗️Çegirmali biletlar bugundan sotiladi, ammo faqat yuqorida körsatilgan muddatlar uçun sotib oliş mumkin.
Talabalar va öquvçilar bugundan imtiyozli yil çiptalarini xarid qilişlari mumkin.
✅ “Özbekiston temir yöllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, Transport vazirligi tomonidan:
👉 talaba va öquvçilar uçun qöşimça joylar soni köpaytiriladi;
👉 uç kun muddatda oliy taʼlim muassasalari rahbariyati tomonidan tavsiya etilgan joylarda sayyor kassalar taşkil etiladi.
Qişki taʼtil davomida OTMlar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mavjud bölgan barça tögaraklar, sport-soğlomlaştiriş bölimlari, seksiyalari va klublari töliq faoliyat körsatadi.
❗️2020-yil 6-yanvar - duşanba öqişning birinçi kuni etib belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈


