Saylov komissiyasi aʼzolariga iş haqi va kompensatsiya tölanadi
Saylov komissiyasi aʼzolariga iş haqi tölanişi böyiça
#Saylov2019
Juda köpçilik fuqarolarimiz murojaat qilib, saylov komissiyasi aʼzolari bajargan işlari uçun maoş oladimi yoki yöqmi, deb savol berişgan edi. Markaziy saylov komissiyasi bilan boğlanib, uşbu masalaga oydinlik kiritdik.
Joriy yil bölib ötadigan saylov kampaniyasida saylov komissiyalari faoliyatiga jalb etiladigan xodimlarning mehnatiga haq tölaş masalalari avvalgi yillardagi saylovlardagi amaliyotdan kelib çiqib, yangiça yondoşgan tarzda taşkillaştirilmoqda.
Bu nimalarda öz aksini topadi:
Birinçidan, asosiy iş joyiga ega bölgan va komissiya faoliyatiga jalb etilgan fuqarolarimiz işlab çiqariş yoki xizmat vazifalarini bajarişdan töliq yoki qisman ozod qilinadi va ularning asosiy iş joylarida iş haqlari töliq saqlangan holda saylov işlariga jalb etiladi. Bular kimlar? Ularning qariyib 71 foizi davlat idoralari va muassasalari xodimlari, şu jumladan xalq taʼlimi xodimlaridir (47,3 %).
Ikkinçidan, (bu avvalgi saylovlarda kuzatilmagan amaliyot) asosiy iş joyiga ega bölgan holda komissiya faoliyatiga jalb etilgan fuqarolarimizga asosiy oyliklaridan taşqari transport va boşqa xarajatlar uçun komissiya raislariga 500 ming sömdan, boşqa aʼzolarga 250 ming sömdan (bu soliq çegirilgandan keyin qölga tegadigan miqdor) kompensatsiya tölanişi belgilandi.
❗️Eʼtibor bering: joriy yilgi saylov kampaniyasi uçun 230 mlrd. söm ajratilgan bölsa, şundan 70,6 mlrd. sömi, yaʼni 30,6 foizi aynan yuqoridagi qariyib 170 ming nafardan ortiq jalb qilingan komissiya aʼzolariga qöşimça kompensatsiya tölovlari uçun sarflanişi rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, komissiyalar faoliyatiga qariyib 8 foizga yaqin vaqtinça işsiz bölgan va nafaqadagi fuqarolarimiz ham jalb etilgan bölib, ulardan rais lavozimiga jalb etilganlarga 9 razryad böyiça 1,5 mln. söm miqdorda, rais örinbosarlariga 8 razryad böyiça 1,4 mln. söm miqdorda va aʼzolarga 4 razryad böyiça 1 mln. söm miqdorda bir martalik iş haqi tölovlari amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-son qaroriga muvofiq iş beruvçilarga saylovlarni ötkaziş davrida jamoatçilik asosida işlab kelayotgan tuman va şahar saylov komissiyalari raisi, uning örinbosari yoki kotiblariga yuqori turuvçi komissiyalarning tavsiyalariga köra, oylik maoşiga asosiy iş joyi moddiy rağbatlantiriş jamğarmasi hisobidan 50 foiz miqdorida ustama belgilanişi tavsiya etilgan.
👉 @xushnudbek 👈

