Saylov komissiyasi aʼzolariga mehnat haqi tölaş tartibi
Saylov komissiyalari faoliyatiga jalb etilgan fuqarolarning mehnatiga haq tölaş masalalari böyiça Markaziy saylov komissiyasiga kelib tuşgan murojaatlarni umumlaştirgan xolda quyidagilar maʼlum qilinadi:
- asosiy iş joyiga ega bölgan va komissiya faoliyatiga jalb etilgan fuqarolarimizga ularning asosiy iş joylarida iş haqlarini töliq saqlangan holda saylov işlariga jalb etilişi belgilangan;
- asosiy iş joyiga ega bölgan xolda komissiya faoliyatiga jalb etilgan fuqarolarimizga transport va boşqa xarajatlar uçun komissiya raislariga 500 ming sömdan, boşqa aʼzolarga 250 ming sömdan (bu soliq çegirilgandan keyin qölga tegadigan miqdor) kompensatsiya tölanişi belgilandi.
Bunda, asosiy iş joyiga ega va kompensatsiya tölovlari amalga oşirilgan komissiya aʼzolariga ularning asosiy iş joylarida iş vaqti va iş haqi saqlangan holda tegişli hisob-kitoblar amalga oşiriladi.
- komissiyalar faoliyatiga jalb etilgan işsiz bölgan va nafaqadagi fuqarolarga (rais – 9 razryad böyiça, rais örinbosarlariga 8 razryad böyiça va boşqa aʼzolarga, şuningdek operator va texnik xodimlarga 4 razryad böyiça) ularning haqiqiy işlagan kunlaridan kelib çiqib tabel asosida bir martalik iş haqi tölovlari amalga oşiriladi.
Bunda, şu tarzda tabel asosida iş xaqi hisoblanişi belgilangan xodimlarga yuqorida keltirilgan kompensatsiya tölovlari (raisga 500 ming söm, boşqa aʼzolarga 250 ming söm) közda tutilmagan;
- barça komissiya faoliyatiga jalb etilgan fuqarolarga (rais, örinbosar, aʼzolar, boşqa texnik xodimlar) saylovlarning ovoz beriş kunida (22-dekabr kuni kundalik xarajati tarzida ovqat puli) har bir xodimga bir marta 22,3 ming söm tölanişi, şuningdek faqat takroriy ovoz beriş közda tutilgan okruglarda (5-yanvar kuni kundalik xarajati tarzida) qöşimça ravişda xar bir xodimga 22,3 ming söm tölanişi belgilangan. (Demak, kundalik xarajatlar faqat takroriy ovoz beriş belgilangan okruglarda ikki marta, yaʼni 44,6 ming söm tölanadi, boşqa okruglarda esa bir marta 22,3 ming söm tölanadi).
Taʼkidlaş joizki, moliyaviy yil yakunida xarajatlar smetalarini qayta tasdiqlanişi, tegişli hokimliklar hisobxonalardagi iş yuklamasining yil yakunida köpaygani, şuningdek ayrim okruglardagi takroriy ovoz beriş jarayonlari sababli tabellar topşirilişida uzayişlar bölganligi munosabati bilan bir qator hududlarda jalb etilgan işsiz, nafaqadagi va boşqa fuqarolarga iş haqi hisoblanişida keçikişlarga yöl qöyilmoqda.
Tegişli hokimliklarning buxgalteriyalari tomonidan uşbu tölovlar joriy yilning yanvar oyida töliq hisoblanib, yetkazilişi taʼminlanadi.
Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi A.Ibodullayev


