Şerzod Asadov YEXHT qömitasi raisi etib tayinlandi
Özbekiston elçisi EXHT Iqtisodiy-ekologik qömitasi raisi etib tayinlandi
2020-yilning 9-yanvar kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining (YEXHT) amaldagi raisi Albaniya tomonidan Özbekistonning YEXHT huzuridagi doimiy vakili, elçi Şerzod Asadovni YEXHT Doimiy kengaşi Iqtisodiy-ekologik qömitasining joriy yildagi raisi etib tayinlaş töğrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.
Iqtisodiy-ekologik qömita EXHT hududidagi iqtisodiyot va ekologiya sohalaridagi hamkorlik va xavfsizlik bilan boğliq keng kölamli masalalarni nazorat qiladi.
Xavfsizlik masalalari böyiça qömita raisi etib Buyuk Britaniyaning EXHT huzuridagi doimiy vakili, elçi Nil Buş, Inson huquqlari böyiça qömitaning raisi etib esa Çexiyaning taşkilot huzuridagi doimiy vakili, elçi Ivo Şramek tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
