Vladimir Norov taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi böldi

Matn27-aprel, 2022, 23:091 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Özbek diplomatiyasi estafetasi uzilmadi

Bugungi farmon bilan Vladimir Norov taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi va unga vaqtinça Özbekistonning taşqi siyosatiga rahbarlik qiliş vazifasi yuklandi.

Vladimir Norov Özbekiston tarixida Abdulaziz Komilovdan söng eng köp muddat taşqi işlar vaziri bölgan inson. U 2006-2010-yillarda salkam 5 yil TIV rahbari bölgan. Umuman olganda Norov özbek diplomatiyasi maktabida katta örin tutadi, köplab diplomatlarning ustozi.

Uni xalqaro maydonda ham yaxşi bilişadi. Jumladan, uzoq yillar Germaniya, Şveysariya, Polşa, Benilyuks davlatlari, Yevropa ittifoqi va NATOda Özbekistonning elçisi bölib işlagan. Bundan taşqari 2019-2021-yillarda Şanxay hamkorlik taşkilotining boş kotibi lavozimini bajardi.

Karyerasi davomida Norov prezident maslahatçisi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimlarida ham işlagan.

Soğliği yomonlaşgani maʼlum qilingan Abdulaziz Komilovning örniga hozirça v.b. maqomida bölsa-da katta tajribaga ega Vladimir Norovning tayinlangani özbek diplomatiyasi maktabining estafetasi uzilmaganini körsatadi va bu umuman olganda yaxşi signal. Va bu sönggi kunlarda TIV atrofidagi miş-mişlarga ham javob tarzida yangraganga öxşaydi.

Har ne bölganda ham, bugungi tahlikali va turli bosimlarga töla xalqaro siyosat davrida Vladimir Norovga omadlar tilaymiz. Umid qilamizki, Özbekiston taşqi siyosati doimo pragmatik va tinçliksevar bölib qoladi hamda kun sayin qatʼiyatli va prinsipli bölib boraveradi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1412
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek