Umra safariga noqonuniy yuboriş bilan şuğullangan MÇJ foş etildi

Matn27-aprel, 2022, 20:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Umra» safariga noqonuniy yuboriş bilan şuğullangan MÇJ foş etildi

DXX va IIV xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi MÇJ tomonidan tegişli ruxsatnomaga ega bölmasdan, fuqarolarni «Toşkent-Dubay-Jidda» yönalişi orqali «Umra» ziyoratiga yuboriş holati aniqlandi.

Xususan, MÇJ xodimi X.A. Namangan viloyatida yaşovçi ikki fuqaroning işonçiga kirgan holda ularni 6200 AQŞ dollari evaziga «Umra» safariga jönatişni vaʼda qilib, oldindan 3100 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, MÇJ ofisi va xodimlarining avtomaşinalari tekşirilganda, jami 116 nafar fuqaroning xorijga çiqiş pasportlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Şuningdek, 66 nafar fuqaroni «Umra» safariga yuboriş maqsadida ulardan jami 162 ming AQŞ dollari olinganligi ham maʼlum böldi.

MÇJ öz mijozlarini BAA va Saudiya Arabistoni örtasidagi davlat çegarasidan ötkazişda Markaziy Osiyo respublikalarining soxta fuqarolik pasportlaridan foydalaniş mexanizmini yölga qöygan.

Hozirda holat yuzasidan MÇJ masʼullariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 415
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek