Yer maydonlarini noqonuniy sotişga uringanlar uşlandi

Matn20-may, 2021, 17:362 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

2 gektar yer Qibrayda 1 mln, Bandixonda 30 ming dollar

DXX va IIV xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent viloyati Qibray tumanida yaşovçi ikki nafar fuqaro şu tumanning Salar şaharçasi hududidagi 2 gektar yer maydonini xaridorga 1 mln 10 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Bundan taşqari, Buxoro viloyati Peşku tumanida yaşovçi, muqaddam hokimiyat tizimida işlagan ikki nafar fuqaro tadbirkorga mazkur tuman hududida qöp qavatli uy-joy quriş uçun ajratilgan 19 sotix yer maydonini hokimiyatdagi mansabdor tanişlari orqali olib berişni aytib, evaziga 38 ming AQŞ dollari talab qiladi va firibgar şaxslar söralgan pulni olgan vaqtlarida uşlandi.

Surxondaryo viloyati hokimligining quriliş majmuasi sobiq xodimi, Termiz şahrida yaşovçi ayol Bandixon tumanida joylaşgan özining nomidagi MÇJ balansida bölgan 2 gektar suğoriladigan yer maydonini 30 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida uşlandi.

Toşkent şahar Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvçi şaxs 148 ming AQŞ dollari evaziga mansabdor tanişlari orqali Yangihayot tumani hududidan 14 sotix yer maydonini tegişli hujjatlarini rasmiylaştirib, olib berişni vaʼda qiladi va u 20 ming AQŞ dollarini avans sifatida olgan vaqtida uşlandi. Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida u mazkur pul mablağini Yangihayot tumani hokimligining masʼul xodimiga berişi kerakligi maʼlum böldi va tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu şaxs ham 20 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi Boyovut tuman bölimida mirob bölib işlovçi şaxs öz turmuş örtoğining nomiga savzavotçilik bilan şuğullaniş uçun ajratilgan 5 gektar yer maydonini mahalliy fuqaro nomiga hokimiyat idoralarida işlovçi tanişlari orqali rasmiylaştirib beriş evaziga 10 ming AQŞ dollari söraydi va söralgan pulni olgan vaqtida uşlandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek