Çinozda moliyaviy piramida taşkil etgan şaxs uşlandi

Matn3-mart, 2022, 12:361 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

DXX Çinozda «moliyaviy piramida» tuzgan yana bir eski-yangi «Ahmadboy»ni uşladi

Çinoz tumanidan A.N. 2016-yilda «moliyaviy piramida» taşkil qilib, fuqarolardan pul, avtomaşina va boşqa qimmatliklarni qabul qiliş bilan şuğullangani uçun 2017-yilda sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan.

Unga nisbatan amnistiya akti qöllanilib, 2021-yilning dekabr oyida ozodlikka çiqarilgan bölsa-da, aksinça, «eski hunari»ni davom ettirgan, deya xabar bermoqda ÖzA.

U DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Dastlabki suriştiruv natijasida aniqlanişiça, A.N. Fuqarolardan umumiy qiymati 394 million sömni taşkil qilgan avtomobillar va çorva hayvonlarini olgan.

Maʼlumot uçun, 2017-yil noyabrida «Özbekiston 24» telekanali çinozlik Ahmadboyning şogirdlaridan biri Nuriddin Abulğoziyevga jazo tayinlangani haqida xabar bergandi. Öşanda u tomondan «aldangan kişilar soni yuzlab, aylanma pullari esa milliardlab sömni taşkil qilgani» aytilgandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 733
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek