Sönggi soatlarning asosiy dunyo yangiliklari
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganSönggi soatlarning asosiy yangiliklari #dunyo
• BMT maʼlumotlariga köra, sönggi bir hafta içida bir million ukrainalik qoçoqqa aylandi
• Rossiya Mudofaa vazirligi birinçi marta yöqotişlar haqida maʼlumot berdi: rossiyalik 498 nafar harbiy xizmatçi halok bölgan, 1597 nafari yaralangan
• Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning taʼkidlaşiça, Rossiya armiyasi bir hafta içida Ukrainada 9 ming askar yöqotgan. Ukraina razvedkasi maʼlumotlariga köra, Kreml 4-mart kuni Rossiyada harbiy holat eʼlon qiladi
• Germaniyada rossiyalik milliarder Alişer Usmonovning Dilbar nomli 600 million dollarlik yaxtasi musodara qilindi
• Roman Abramoviç «Çelsi»ni sotişini maʼlum qildi
• Rossiya Mudofaa vazirligi rus harbiy texnikalaridagi harflar maʼnosini oçiqladi: Z — ğalaba uçun («Za pobedu»), V — kuç haqiqatda («Sila V pravde»)
• Gaagadagi jinoyat işlari böyiça Xalqaro sud Rossiyaning Ukrainadagi ehtimoliy harbiy jinoyatlari yuzasidan suriştiruv işlarini boşladi
• SWIFT kompaniyasi Yevropa Ittifoqining sanksiyalariga tuşgan Rossiya banklari xalqaro tölov tizimidan 12-mart kuni uzilişini maʼlum qildi
• Rossiyada uruşga qarşi norozilik namoyişlarda 700 dan ziyod kişi qölga olindi
• Mercedes-Benz, H&M va Oracle Rossiyada sotuvlarni töxtatganini eʼlon qildi
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1296

