Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Sönggi soatlarning asosiy yangiliklari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Sönggi soatlarning asosiy yangiliklari #Özbekiston #Dunyo

• Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon Özbekistonga mart oyining oxirida kelişi kutilmoqda — Turkiyaning Özbekistondagi elçisi Olgan Bekar

• Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainani biologik qurol işlab çiqişda aybladi. Avvalroq Rossiya agentliklari ismi oşkor etilmagan manbaga tayanib, Ukrainani yadroviy qurol tayyorlaşda ayblagan edi

• Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon bilan suhbatda Ukrainadagi harbiy harakatlarni Kiyev «qarşilik körsatişni bas qilib, Rossiya şartlarini qabul qilsagina» töxtatişini maʼlum qildi

• Rossiyaning iFly aviakompaniyasi ham Özbekistonga parvozlarni vaqtinça töxtatdi. Avvalroq «Aeroflot», S7 Airlines va Smartavia şunday qaror qabul qilgandi

• AQŞ Rossiyadan neft va gaz import qilişni taqiqlaşi mumkin. Şuningdek, AQŞ Rossiyani Jahon savdo taşkilotidan çetlatişga qaratilgan qadamlarni ham qöyadi — AQŞ Kongressi Vakillari palatasi spikeri Nensi Pelosi

• Toşkentdagi köçalardan biriga Turkiya birinçi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi yana bir marta berilişi mumkin. Şahardagi şu nomli köça 2011-yilda Zarafşon deya qayta nomlangan edi

• TikTok rossiyalik foydalanuvçilarga yangi video yuklaş va strimlar olib borişni taqiqladi. Spotify Rossiyada premium-obunalarni bekor qildi, Netflix esa Rossiya hududida faoliyatini töxtatişga qaror qildi

• Putin Fransiya prezidenti Makron bilan Ukraina masalasida bölib ötgan navbatdagi suhbatda «yo muzokaralar yöli bilan, yo kuç işlatiş bilan boğliq yeçimlar orqali» öz maqsadiga baribir yetişini bildirgan — Yelisey saroyi

• Polkovnik Amanbay Örinbayev Qoraqalpoğiston içki işlar vaziri etib tayinlandi

• Rossiya suriyaliklarni Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnaşiş uçun yollamoqda. Ulardan Kiyevda kuzatilişi mumkin bölgan şahar janglarida foydalaniş maqsad qilingan — The Wall Street Journal

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 984
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek