Sönggi soatlarning asosiy yangiliklari
Sönggi soatlarning asosiy yangiliklari #Özbekiston #Dunyo
• Fransiya prezidenti Makron Rossiya prezidenti Putin bilan bölgan 90 daqiqalik telefon suhbatidan söng: «Eng yomoni hali oldinda. (Agar ukrainaliklar uning şartlariga könmasa), Putin butun Ukraina ustidan nazorat örnatmoqçi»
• Özbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 10 900 sömdan oşdi — 3-mart kuni kurs 12,42 sömga kötarilib, 10 900,25 sömni taşkil etdi
• Gruziya boş vaziri Irakliy Garibaşvili Yevropa Ittifoqiga aʼzo böliş uçun nomzod maqomini oliş töğrisidagi arizani imzoladi
• Prezident Şavkat Mirziyoyev «xalqlarimiz döstligi, hamjihatligi ramzi sifatida» Pokiston boş vaziri qarorgohiga köçat ekdi
• Ukraina va Gruziyadan söng Moldova ham Yevropa Ittifoqiga qöşiliş uçun ariza beradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Mayya Sandu eʼlon qildi
• Rossiya parlamentiga uruşga qarşi norozilik namoyişlarida iştirok etganlik uçun javobgarlikka tortilganlarni harbiy xizmatga Donbassga yuboriş töğrisidagi qonun loyihasiga kiritildi
• Armaniston parlamenti Vaagn Xaçaturyanni mamlakat prezidenti etib sayladi. U bungaça yuqori texnologiyalar sanoati vaziri edi
• Ukraina Oliy Radasi xalqaro hamjamiyatdan Ukraina ustidan parvoz qiliş taqiqlangan hudud joriy etilişini va mamlakatga BMT tinçlikparvar kuçlari kiritilişini söradi
• 2050-yilga borib Özbekistonda tabiiy gaz, kömir, neft mahsulotlarini yoqilği sifatida foydalaniş töxtatiladi — Şerzod Xöjayev, energetika vaziri örinbosari
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1531



