Abdulaziz Komilov Özbekistonning Ukraina böyiça pozitsiyasini aytdi

Video17-mart, 2022, 13:192 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekistonning Ukraina böyiça pozitsiyasini maʼlum qildi, deya xabar bermoqda @uzauz:

“Avvalambor, Ukraina atrofidagi vaziyat Özbekistonda jiddiy xavotir uyğotmoqda. Ikkinçidan, Özbekiston vaziyatga tinç yöl bilan yeçim topiş va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qiliş tarafdori. Buning uçun, birinçi navbatda, harbiy harakatlar, zöravonliklar zudlik bilan töxtatilişi zarur.

Özbekiston tarixan ham Rossiya bilan, ham Ukraina bilan anʼanaviy köp qirrali aloqalarga ega. Va biz har ikki mamlakatlar bilan öz milliy manfaatlarimizdan kelib çiqqan holda özaro manfaatli hamkorlikni davom ettiramiz.

Biz bugungi oğir kunlarda Ukrainaga gumanitar yordam beramiz va hozirgi oğir vaziyatni inobatga olib gumanitar yordam yuborişda davom etamiz.

Öz navbatida, Özbekiston Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmaymiz.”

P.S.: menimça, bu nafaqat kun, balki yil yangiligi!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2684
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing