Ukrainadan özbekistonliklarni evakuatsiya qiliş davom etmoqda
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan


Özbekistonda 2-mart kuni Ukrainadan 671 nafar vatandoş olib kelindi. Evakuatsiya reyslari 3-mart kuni ham davom etadi
Özbekistonga hozirgaça Ukrainadan 1859 nafar vatandoş olib kelindi. Jumladan, 2-martning özida uçta samolyot bilan jami 671 nafar özbekistonlik Polşaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Ular orasida 129 ayol, 82 bola va 14 çaqaloq bor.
Hozirda Polşa hududida 1100 dan ortiq Özbekiston fuqarosi qolmoqda. Ularning 550 nafari Polşa çegarasidagi töplaniş nuqtasiga, yana 550 nafari esa Katovitse aeroportiga joylaştirilgan. 3-mart kuni ham bir neça evakuatsiya qatnovini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligidan maʼlum qilişlariça, Ukrainadan evakuatsiya qilinişini kutayotgan Özbekiston fuqarolari Polşani 15-martgaça tark etişi zarur, aks holda jarimaga tortiladi. Şu sanagaça Ukraina-Polşa çegarasini yakka tartibda vizasiz kesib ötiş mumkin. Zarurat tuğilganda, elçixonalar bilan boğlaniş tavsiya etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 787



