Sönggi soatlarning asosiy yangiliklari: Ukraina va sanksiyalar
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganSönggi soatlarning asosiy yangiliklari #Özbekiston #Dunyo
• Yevropadagi eng yirik Zaporojye atom elektr stansiyasi hududining öqqa tutilişi oqibatida öquv-maşğulot blokida yonğin kelib çiqdi. AESning muhim, asosiy qurilmalariga zarar yetmagan. Ukraina prezidenti Zelenskiy uşbu yonğin «ikkinçi Çernobil yoki undan ham kattaroq» fojiaga aylanişi mumkinligini taʼkidladi
• 4-mart holatiga köra, Ukrainadan Polşa orqali umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2 579 nafar özbekistonlik qaytarildi. Polşada Özbekistonning yana 1 480 dan ortiq fuqarosi qolmoqda
• Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonsonning taʼkidlaşiça, Vladimir Putinning öylamay qilayotgan harakatlari butun Yevropaga töğridan-töğri tahdid körsatmoqda. Uşbu bayonot Zaporojye AESda tunda yuz bergan hodisadan söng berildi
• AQŞ va Buyuk Britaniya rossiyalik milliarder Alişer Usmonov va uning mulklariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi
• Belovej örmonida Ukraina-Rossiya muzokaralarining ikkinçi raundi bölib ötdi. Tomonlar gumanitar koridorlarni taşkil etişga kelişib oldi. Yaqin vaqt içida muzokaralarning uçinçi raundi ötkazilişi kutilmoqda
• Polşadagi aeroportda Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan özbekistonliklar orasida janjal bölgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirarkan, Özbekiston TIV rasmiy vakili «har bir inson birinçi bölib uçib ketişni xohlayotgani tufayli tartibsizliklar kuzatilayotgani»ni tasdiqladi
- 👍 768

