Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekiston va dunyodagi sönggi soatlarning asosiy yangiliklari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Sönggi soatlarning asosiy yangiliklari #Özbekiston #Dunyo

• Samarqandda fuqaroni DXXga işga kiritib qöyişni vaʼda qilib, buning evaziga 50 ming dollar olgan şaxs qölga olindi

• Sönggi bir hafta davomida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kamida uç marta ölimdan qolgan. Uçala suiqasd ham Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Ukrainadagi uruşga qarşi çiqayotgan xodimlari harakatlari tufayli yöqqa çiqqan — The Times

• AQŞ Moliya vazirligi milliarder Alişer Usmonovga tegişli kompaniyalarni sanksiyalar röyxatidan çiqarib taşladi

• Polşadagi Katovitse aeroportidan Ukrainadagi özbekistonliklarni evakuatsiya qiliş böyiça yana uçta — 4-mart kuni soat 14:30 va 16:00-da hamda 5-mart kuni soat 3:00-da qöşimça parvozlar amalga oşirilişi kutilmoqda

• Özbekiston tijorat banklarida dollar kursi birinçi marta 10 955 sömgaça kötarildi. Avvalgi rekord 22-fevralda örnatilgan, unda kurs 10 945 sömgaça ösgan edi

• Rossiya parlamenti mamlakat harbiylarining harakatlari haqida «feyk» maʼlumotlarni tarqatganlarni 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etişni közda tutuvçi qonunni qabul qildi

• Özbekistonliklar 3-mart kuni banklardan 60,1 million rubl sotib oldi. Bu şu kuni banklar aholidan sotib olgan rus valyutasi miqdoridan 54 million rublga köp

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 837
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek