Ukrainadan evakuatsiya qilingan özbekistonliklar soni 4,5 mingdan oşdi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganUkrainadan evakuatsiya qilingan özbekistonliklar soni 4,5 mingdan oşdi. Endi Moldovadagi vatandoşlarni evakuatsiya qilişga kirişilmoqda
7—8-mart kunlari Ukrainadan Polşaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar Özbekiston fuqarosi, şu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetgaman şaxs va 11 nafar çaqaloq olib kelindi.
28-fevraldan 8-martga qadar 21 ta aviareys taşkillaştirildi hamda uruş bölayotgan joylardan 4 787 nafar vatandoşimiz qaytarildi, deya xabar bermoqda TIV rasmiy vakili.
8-mart kuni yana ikkita reys amalga oşirilişi rejalaştirilgan. «Dunyo» agentligi maʼlumotlariga köra, Katovitseda Özbekistonga qaytişni kutayotgan yana 300 vatandoş qolgan.
Şu bilan birga, Moldova hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolarini olib çiqiş masalasini işlab çiqiş boşlandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 728


