Moldovadagi özbekistonliklarni evakuatsiya qiliş masalasi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan❓Ukrainadan Moldovaga ötgan vatandoşlar Özbekistonga qaçon qaytariladi?
Ukrainadan Moldova orqali ham Vatanga qaytsa böladimi?
✅JAVOB: Ukrainaning Moldova bilan çegaradoş joylarida yaşovçi 200 ga yaqin özbekistonlik boşpana izlab Moldovaga ötgan. Moldova tomoni insonparvarlik nuqtai nazaridan, fuqaroligidan qatʼi nazar, öz hududiga kirayotgan barça şaxslarni taşiş, joylaştiriş, ovqatlantiriş va boşqa zarur masalalarda kömak bermoqda.
Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi tomonidan Moldovada bölib turgan vatandoşlar masalalarini muvofiqlaştiriş va hal qiliş maqsadida köngillilar guruhi şakllantirildi. Moldovada bölib turgan özbekistonliklarning keyinçalik Vatanga evakuatsiya qilinişini taşkil etiş uçun ularning röyxati va maʼlumotlar bazasi şakllantirilmoqda.
Hozirgi paytda Polşa orqali evakuatsiya qilişning asosiy ustuvor ekanligini inobatga olgan holda, fuqarolarimizni Moldovadan qaytariş masalasi keyinroq işlab çiqiladi. Bundan taşqari, mazkur mamlakat havo hududi aviaqatnovlar uçun yopiqligiça qolmoqda.
- 👍 661

