Ukrainadagi özbekistonliklar uçun evakuatsiya rejasi

Matn24-fevral, 2022, 12:281 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi murojaati: özbekistonliklar uçun evakuatsiya rejasi işlab çiqilmoqda

«Ukrainadagi vaziyat keskinlaşgani va favqulodda holat joriy etilganini inobatga olib, Özbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Hozirda Özbekiston Respublikasining Kiyevdagi elçixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etişni xohlovçi fuqarolar röyxati işlab çiqilmoqda. Ukraina havo hududining yopilişini inobatga olgan holda jönab ketiş yönalişlari va jönab ketiş joyi işlab çiqilmoqda.

Maqbul evakuatsiya yönalişlari böyiça masalalar uçinçi davlatlarning manfaatdor xizmatlari bilan kelişilgan sari, Özbekiston fuqarolari Elçixonaning www.uzbekistan.org.ua sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qöşimça ravişda xabardor qilinadi.

Ukrainadan çiqib ketişni xohlovçi Özbekistonning barça fuqarolari pasport maʼlumotlarini Elçixonaning embassy@uzbekistan.org.ua elektron manziliga yuborişlari söraladi.

Ukrainada bölgan Özbekiston fuqarolaridan xotirjamlikni saqlaşlarini va qöşimça savollar tuğilganda Elçixona bilan aloqada bölişlarini söraymiz», - deyiladi elçixona murojaatida.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1398
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek