Özbekistonning 7 viloyatida qor köçiş xavfi eʼlon qilindi
❗️Özbekistonning 7 viloyatida qor köçiş xavfi eʼlon qilindi
8—16-mart kunlari kutilayotgan yoğingarçiliklar sababli Özbekistonning toğli hududlarida, jumladan:
➖ Qaşqadaryo viloyatining Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Dehqonobod tumanlarida;
➖ Surxondaryo viloyatining Qumqörğon, Sariosiyo, Uzun, Boysun, Şerobod tumanlarida;
➖ Samarqand viloyatining Qöşrabot, Payariq, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulunğur tumanlarida;
➖ Jizzax viloyatining Foriş, Ğallaorol, Zomin, Baxmal tumanlarida;
➖ Toşkent viloyatining Parkent, Ohangaron. Böstonliq tumanlarida;
➖ Namangan viloyatining Çust, Pop tumanlarida;
➖ Farğona viloyatining Söx, Farğona tumanlarida qor köçiş xavfi eʼlon qilindi.
Şu munosabat bilan, «Özgidromet» 8—16-mart kunlari toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi aholi, dam oliş maskanlarida dam oluvçilar va uşbu hududlarda harakatlanuvçi haydovçilar, şuningdek, çorva mollarini boquvçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişni söragan.
Avvalroq, Özbekistonning 9 ta hududida sel keliş xavfi eʼlon qilingan edi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 547

