Özbekistonda çang tözonlari va sel kelişi kutilmoqda
Özbekistonda dam oliş kunlari çang tözonlari va sellar kuzatilişi mumkin
Erondan iliq havoning jadal kirib kelişi, söngra Kavkazdan nisbatan salqin havo kirib kelişi natijasida 4—6-mart kunlari Özbekiston böylab baʼzi joylarda şamol tezligi sekundiga 18—23 metrgaça kuçayadi va çang tözonlar kuzatilişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida şamol tezligi sekundiga 25—30 metrgaça kuçayişi mumkin.
Ayni vaqtda, 5—9-mart kunlari kutilayotgan kuçli yomğirlar yoğişi sababli Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toşkent, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlarining toğ oldi va toğli hududlarida sel kelişi xavfi eʼlon qilindi. Sel xavfi eʼlon qilingan tumanlarning töliq röyxati bilan «Özgidromet» saytida tanişiş mumkin.
- 👍 475

