Özbekistonda kuçli yomğir va sel kelişi kutilmoqda
ŞTORM OGOHLANTIRIŞ
1-2-may kunlari Özbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida şakllangan nam havo oqimi kiradi. Bu haqda Özgidromet xabar bermoqda.
1-mayda Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinçi yarmida yomğir, ayrim joylarga kuçli yomğir yoğişi kutilmoqda, momaqaldiroq bölişi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida keçga borib yomğir, ayrim joylarga kuçli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Qoraqalpoğistonda, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida yoğingarçilik bölmaydi.
2-mayda respublikada yomğir, ayrim joylarga kuçli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida keçasi va ertalab yomğir, ayrim joylarga kuçli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Qoraqalpoğistonda, Xorazm viloyatida yoğingarçilik bölmaydi.
Şamolning tezligi 15-29 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda şamol şiddati 23-28 m/s gaça yetişi mumkin.
30-aprel-3 may kunlari respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel kelişi xavfi bor.
👉 @xushnudbek 👈

