Özbekiston hududlarida kuçli şamol va yomğir kuzatilmoqda
Toşkentda yoğingarçilik, Özbekistonning boşqa hududlarida vayronkor şamol
Poytaxtda 5-mart kuni ertalabdan beri bahor yomğiri kuzatilmoqda. Özbekistoning ayrim hududlarida esa, FVV axborotiga köra, kuçli şamolning vayronkor oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahri, Qoraqalpoğiston poytaxti Nukus şahri, şuningdek, Qaşqadaryo viloyati markazi Qarşi şahridagi bir qator köp qavatli uylar va maʼmuriy binolarning tom qismi kuçli şamol oqibatida yerga qulab tuşgan.
Avvalroq «Özgidromet» 4—6-mart kunlari Özbekistonning ayrim hududlarida çang tözonlari, 5—9-mart kunlari esa sel kelişi hodisalari kuzatilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
- 😱 517



