Anjey Duda özbekistonlik diplomatlarga minnatdorçilik bildirdi
Xushnudbek.uzVideo2 daqiqa0tahrirlanganPolşa prezidenti Anjey Duda Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan özbekistonliklar bilan suhbatlaşdi va özbek diplomatlariga minnatdorçilik bildirdi
– Siz yurtingiz fuqarolari uçun muhim va ezgu işni qilyapsiz, — dedi Polşa prezidenti. — Sizning harakatlaringizni körib boşqa davlatlar diplomatlari va köngillilar faoliyatingizdan ilhom olişi şubhasiz. Menga Özbekiston hukumati öz fuqarolarini evakuatsiya qilişni birinçi bölib boşlagani haqida aytib berişdi va bu saʼy-harakatlaringizni Özbekiston hukumatining öz fuqarolariga nisbatan muhim eʼtibori va otalarça ğamxörligi deb bilaman.
Heç qança vaqt ilgari biz ham xuddi şunday vaziyatga tuşib qolgandik va sizga qöşni bölgan davlatni tark etgan fuqarolarimiz hamda Yevropa mamlakatlarining fuqarolaridan xavotirda edik. Biz ularni evakuatsiya qilişdek bu oğir operatsiyani faqat Özbekistonning faol kömagi bilan amalga oşira oldik. Bu bizning yodimizda.
Maʼlumot uçun: 5-mart holatiga Polşa orqali Ukrainadan 3245 vatandoş Özbekistonga qaytarildi
- 👍 1329




