Özbekistonda yangi hokimlar va vazir örinbosari tayinlandi

Matn7-mart, 2022, 15:251 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hokim yordamçisi hokim (ilk bor), elçixona maslahatçisi «zamhokim», «zamhokim» esa «zamministr» böldi

➖ Özbekistonning Indoneziyadagi elçixonasida savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçi lavozimida işlab kelgan Şerzod Bekberganoviç Ismailov Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari etib tayinladi.

➖ Qoraqalpoğistonning Möynoq tumani «Madeli» ovul fuqarolar yiğinidagi tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçisi lavozimida işlab kelgan Baxtiyar Bekmurzayeviç Menglibekov Möynoq tumani hokimi etib tayinlandi. Prezident maslahatçisi birinçi örinbosari Qahramon Quronboyevning maʼlum qilişiça, bu hokim lavozimiga tayinlangan ilk hokim yordamçisidir.

➖ Toşkent şahar hokimi örinbosari — Şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği Muxtor Yaşnaroviç Muhitdinov boşqa işga ötganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmatidan maʼlum qilişlariça, Muhitdinov faoliyatini mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari sifatida davom ettiradi.

➖ Şuningdek, şu vaqtgaça Qoraqalpoğistonning Bözatov tumanidagi «Yerkindarya Şarua» çorvaçilik va dehqonçilikka ixtisoslaşgan MÇJ rahbari sifatida işlab kelgan Kamal Amanbayeviç Allaniyazov Bözatov tumani hokimi etib tayinlandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 665
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek