Toshkentda Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan


Şavkat Mirziyoyev Toşkentda quriladigan Olimpiya şaharçasi loyihasi bilan tanişdi
2025-yilda Toşkentda Yoşlar örtasidagi Osiyo öyinlari ötkaziladi. Musobaqa uçun Yaşnobod tumanida Olimpiya şaharçasi qurilişi rejalaştirilgan. Angliyaning Arup kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan loyihaga köra, şaharça markazida olimpiya stadioni, uning ikki yonida yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, maşğulot maydonçalari, eşkak eşiş havzasi barpo etiladi. Maʼmuriy bino, yotoqxona, muzey va xöjalik obyektlari ham quriladi.
Musobaqalardan taşqari vaqtda şaharça öquv-maşğulot bazasi bölib xizmat qiladi. Bu yerda Oliy sport mahorati instituti, sport federatsiyalari faoliyat olib boradi. Xabar berişlariça, Prezident loyihaning qiymati, yaratiladigan qulayliklarni sinçiklab söradi. Mutasaddilarga iş hajmi va zarur mablağ miqdorini yilma-yil hisob-kitob qilib, aniq reja şakllantiriş, quriliş böyiça tender eʼlon qiliş yuzasidan körsatmalar berdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1080




