Özbekiston va dunyodagi sönggi soatlarning asosiy yangiliklari
Sönggi soatlarning asosiy yangiliklari #Özbekiston #Dunyo
• Şavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi — taqdirlanganlarning töliq röyxati
• Özbekiston Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlaş töğrisida»gi qarori eʼlon qilindi — 28 nafar yangi «zulfiyaçi»ning töliq röyxati
• Kiyev va Moskva örtasidagi tinçlik muzokaralarining navbatdagi — uçinçi raundi 7-mart kuni ötkazilişi kutilmoqda
• Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi 5-martdan Buxoro, Qarşi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toşkent, Urganç va Farğonaga reyslarni, Smartavia aviakompaniyasi Namangan, Buxoro va Farğonaga reyslarni, 8-martdan esa «Aeroflot» aviakompaniyasi Toşkent va Samarqandga reyslarni töxtatişini eʼlon qildi
• Yaqin kunlarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğonning Özbekistonga taşrifi kutilmoqda — Turkiyaning Özbekistondagi elçisi Olgan Bekar
• Visa va Mastercard Rossiyada öz faoliyatini töxtatdi. Uşbu tölov tizimlarining Rossiyada çiqarilgan kartalari çet elda işlamaydi, çet davlatda çiqarilgan kartalari esa Rossiya hududida işlamaydi. Dökonlarda ham, onlayn buyurtmalarga ham tölov qilib bölmaydi
• Rossiya 5-martdan eʼtiboran Özbekistondan pomidor va qalampir olib kirişga qöyilgan çeklovlarni bekor qildi
• BMT jangovar harakatlar boşlanganidan beri Ukrainani 1 milliondan ortiq odam tark etganini maʼlum qilgandi. Ukraina Çegara xizmati maʼlumotlariga köra, 5-mart holatiga mamlakatga 100 mingdan ortiq odam qaytgan, ularning aksariyati — çaqiruv yoşidagi erkaklardir
• 7-martdan eʼtiboran Farğona—Söx—Farğona yönalişidagi muntazam aviaqatnovlar haftasiga tört marta — duşanba, çorşanba, juma va yakşanba kunlari amalga oşiriladi
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1175



