Futbolçi Anvar Ğofurov ukasining hujjatlari bilan öynagan
2018-yili futbol böyiça Özbekiston U-23 termasi Osiyo çempioni bölgandi. Jamoaning barça 22 futbolçisiga Prezident sovğasi — Malibu’lar berilgandi. Maşinali bölganlar orasida 1997-yilda tuğilgan Husniddin Ğofurov ham bor (u saralaşda ham, final bosqiçida ham biror marta öynamagan).
Maʼlum bölişiça, şu futbolçining asl ismi Anvar va u 1995-yilda tuğilgan ekan — 1997-yilda tuğilgan Husniddin esa uning ukasi ekan. ÖFAning xabar berişiça, futbolçi ukasining hujjatlari bilan öynaşga «özi istamagan holda, faoliyatini boşlagan vaqtidagi murabbiylari va ota-onasi qistovi bilan rozilik bergan».
Şunday «uzrli sabab» bilan uning Superliga—2022 da öynaşiga ruxsat berilibdi. Qiziği, ÖFAning yozişiça, kim aslida kimligi belgilab bergan sud hukmi 2020-yil martida çiqqan. Şunday bölsa-da, Anvar 2020-yili ham, 2021-yili ham Husniddin ismi bilan Superligada öynagan.
Bir yarim oy avval «Neftçi» ham muxlislariga uni Husniddin deya taniştirgan ekan. Kuni keça u Anvar Ğofurov bölib maydonga çiqdi.
- 😁 2654

