Stadiondagi tartibsizliklar va O'FAga kutilayotgan jazo
Keça öyin ham, ğalaba ham zör böldi. Muxlislar ham juda çiroyli qöllab-quvvatlab turişdi.
Ammo guruç kurmaksiz bölmaganiday, ayrim muxlislar tomonidan juda xunuk iş ham qilindi. Darvozabonimizning qilgan öta qöpol xatosini muxlislar ham davom ettirişdi va özlariça stadiondagi raqib futbolçilari hamda hakamni toşböron qilişdi. Naqadar ahmoqlik.
Otilgan toşlar (yoki tsement bölaklari) natijasida fotomuxbir salkam huşini yöqotgan, xorijlik operatorning esa boşi yorilgan.
Öyindan keyin Iroq murabbiyi ham bu holatga keskin eʼtiroz bildirgan.
Katta ehtimol bilan, OFK uşbu holatni körib çiqadi. ÖFAga jazo qöllaşi mumkin. Eng yomoni Özbekiston öyinlarini muxlislarsiz ötkaziş jazosi qöllaniş ehtimoli ham yöq emas. Kelgusida katta xalqaro musobaqalarni yurtimizda ötkazişga ham xavf solişi mumkin.
Hurmatli muxlislar, bunaqa xunuk işni boşqa qilmanglar. Bitta tirraqi buzoq butun podani bulğaydi, deganiday, öylanmasdan qilgan harakatingiz tufayli butun mamlakat jabr çekişi mumkin. Aqlni işlating, iltimos.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3650

