Özbekiston — Iroq öyinidagi tartibbuzarlar jazolandi
11-iyun kuni “Paxtakor” stadionida U-23 Osiyo kubogi öyinlari doirasidagi Özbekiston va Iroq terma jamoalari uçraşuvida hakamning qaroridan norozi bölib ayrim tomoşabinlar plastmassa suv idişi va stakan, oyoq ostidagi beton parçalarini stadionga uloqtirgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB tomonidan tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar şaxslar aniqlanib, ularning 6 nafariga sud tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bundan taşqari 10 nafar fuqaro 10 sutka maʼmuriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan suriştiruv davom etmoqda.
Otilgan toşlardan jarohatlangan fotomuxbir J.S. unga narsa otgan şaxsga nisbatan daʼvosi yöqligini maʼlum qilib, ariza yozişdan boş tortgan. Hozirda uning ahvoli yaxşi bölganligi uçun kasalxonadan uyiga ruxsat berilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1298

