Kelişilgan öyinlarda qatnaşgan futbol hakamlari jazolandi

Matn28-noyabr, 2020, 15:122 daqiqa0 koʻrish

Kelişilgan öyinlarda qatnaşgan ayrim futbol hakamlari jazolandi

ÖFA futbol faoliyatini nazorat qiliş maxsus inspeksiyasi tomonidan futbol sohasida bir qator korrupsion holatlar aniqlangan.

Taqdim etilgan maʼlumotlar böyiça ÖFA Etika qömitasi qaror qabul qildi.

Qarorga köra:

1. FIFA, OFK hakami J.Y.Muxtorov ÖFA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol öyinlarida uçraşuvga yoki uning natijasiga taʼsir ötkaziş maqsadida kelişuvlarda qatnaşgani uçun 5 (beş) yil muddatga futbol bilan boğliq har qanday faoliyatdan çetlatildi hamda 90 000 000 (töqson million) söm jarimaga tortildi.

2. ÖFA Boş hakami T.N.Töxtasinov ÖFA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol öyinlarida uçraşuvga yoki uning natijasiga taʼsir ötkaziş maqsadida kelişuvlarda qatnaşgani uçun 2021-yilgi futbol mavsumida hakamlik qilişdan çetlatildi va 10 000 000 (ön million) söm jarimaga tortildi;

3. ÖFA Boş hakami A.S.Nadjafaliyev hakamlarning futbol faoliyatini himoya qiliş töğrisidagi deklaratsiyasiga asosan ÖFA futbol faoliyatini nazorat qiliş maxsus inspeksiyasi bilan hamkorlik qilganligi va OFK Hakamlar akademiyasida tahsil olayotganligi, tahsil jarayonida eng yaxşi körsatkiçlarni qörsatayotganligini inobatga olib, biroq ÖFA intizom kodeksining 5.42. bandiga asosan ÖzPFL musobaqalarini ötkaziş bilan boğliq real faktlarni buzib körsatişga uringanligi uçun 2020-yil futbol mavsumi oxirigaça hakamlik qilişdan çetlatildi va 70 000 000 (yetmiş million) söm jarimaga tortildi.

Şu jumladan, qömita qarorlari bilan mazkur holatlarga aloqador bir neçta yordamçi hakamlar, nazoratçilar, hamda futbol klublari masʼullari tegişli jarimalarga tortildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek