Qurilish vazirligining tenderlarsiz shartnomalar haqidagi munosabatiga raddiya
Manba:davletovuz
Şunçaki savollar
Quriliş vazirligi axborot xizmati Kun.uz saytida joriy yil 25-noyabr kuni “Prezident farmoniga zid farmoyişlar: Toşkentda bir neça yuz mlrd. sömlik qurilişlar pudratçilarga nega tendersiz berilgan?” sarlavhali materialiga rasmiy munosabat bildirdi.
Vazirlikning aytişiça, “Davlat xaridlari töğrisida”gi Qonunning 66- va 67-moddalariga asosan Özbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlari, qarorlari va farmoyişlarida yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan subyektlar yagona yetkazib beruvçi bölişi mumkin va ular bilan töğridan-töğri şartnoma imzolaş ruxsat etilgan.
Savol: hukumatning qaysi qaror(lar)ida uşbu taşkilotlar bilan töğridan-töğri şartnoma imzolaşga ruxsat etilgan? Qarorga havola berilsa — şunça gapga hojat qolmas edi.
Vazirlikning aytişiça, “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonunning 5-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasining farmoyişlari qonun hujjati, yaʼni normativ-huquqiy hujjat turiga kirmaydi va Vazirlar Mahkamasi töğrisida”gi Qonunning 37-moddasiga asosan tezkor va boşqa joriy masalalar böyiça qabul qilinadi (100-200 mlrd sömlik davlat buyurtmalarini tendersiz xususiy kompaniyalarga beriş joriy yoki tezkor masalami?). Ayrim farmoyişlar Lex.uz bazasida eʼlon qilingan bölişi mumkin, şu bilan birga farmoyişlar qonun hujjatlari bölmaganligi sababli, uşbu bazada joylaştirilişi yuzasidan majburiyat qonunçilikda belgilanmagan. Qolaversa, maqsad uşbu şartnomaviy munosabatlarni yaşiriş bölgan taqdirda, ular töğrisidagi maʼlumot oçiq portalga qöyilmas edi.
Şunçaki fikr: Bu, yaʼni davlat xaridlari portaliga qöyiş vazirlikning xohişi emas, balki qonun hujjatlarining talabi — davlat buyurtmalari davlat xaridlari portalida eʼlon qilinişi kerak. Qonun hujjatlari talab qilmaganda, ikki dunyoda ham oçiqlanmas edi.
Vazirlikning qayd qilişiça, “2020-2022-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorning 4-bandida Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida pudratçi taşkilotlarni tanlab oliş böyiça alohida qoidani belgilaş huquqi nazarda tutilgan.
Savol: yuqoridagi buyurtmalarni olgan obyektlar va inşootlarning barçasi uşbu qaror bilan tasdiqlangan manzilli dasturlardan örin olgan edimi? Sababiki, mazkur qaror ilovalari lex.uz saytida, afsuski, yöq. Körsak, jamoatçilik körsa — yaxşi bölar edi.
Vazirlikning maʼlum qilişiça, asosiy maqsad – ijtimoiy ahamiyatga ega muhim obyektning öz vaqtida va sifatli barpo etilişini taʼminlaş. Quriliş obyektlarining loyiha va smeta hujjatlarini tayyorlaş va ularning ijrosi ustidan qattiq nazorat örnatilgan bölib, asossiz mablağlar sarflanişiga yöl qöyilmasligi kafolatli taʼminlanadi.
Şunçaki fikr: heç kimning uşbu ezgu maqsadga qarşi emas. Lekin ezgu maqsad savol va şubha tuğdirmasligi kerak. Asosiy savol şundaki, Toşkent şahar hokimligi "Yagona buyurtmaçi xizmati" injiniring kompaniyasi nomidan amalga oşirilgan davlat buyurtmalarida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilmaganmi? Vazirlik şu gapni aytişi kerak.
P.S.: va oxirgisi, hurmatli davlat idoralari, jurnalistlarga nima qiliş, qanday yoziş kerakligini va umuman, aql örgatişni töxtatsanglar. Hamma öz işi qolib, jurnalistga aql örgatadigan bölib ketdi. Jurnalist quruvçiga aql örgatmayapti. Balki savol berayapti, ayrim faktlarni şubhaga olayapti. Savolga javob bering, şubhani fakt bilan oydinlaştiring. Eng yaxşi muloqot — şu. Töğri, jurnalistlar ham ideal emas, lekin davlat idoralari ham bu borada qolişmaydi. Oşib tuşsa kerak. Keyin gap baribir budjet puli, xalq puli haqida ketayapti. Salkam 1,5 trln söm. Iddao qiliş noörin.
Bu şunçaki savol va fikrlar. Javob beriş şart emas.


