TIV Abdulaziz Komilov nomidagi soxta sahifaga munosabat bildirdi

Matn27-noyabr, 2020, 17:242 daqiqa0 koʻrish

Manba:Muhrim / Муҳрим

Tvitterda Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov nomidan yuritiladigan sahifa bor. Sahifaga Özbekistondagi diplomatik vakolatxonalar vakillari va özbekistonliklar diplomatlarning deyarli bari obuna bölgan. Abdulaziz Komilov bilan uçraşgan va Tvitterda sahifasi borlar, mabodo uçraşuv haqida yozib qolsa, nuqul şu akkauntni menşn qiladi. Masalan, Hindiston taşqi işlar vaziri yoki Afğoniston taşqi işlar vaziri yoki AQŞ Davlat departametining tegişli byurosi.

Tvitterdagi bu sahifa 2017-yildan beri bor, şunça vaqtdan beri Abdulaziz Komilov nomidan xabarlar, bayonotlar berib kelyapti. Ötgan vaqt davomida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati biror marta bu sahifa feykligi, vazir yoki vazirlik tomonidan yuritilmasligi haqida na oçiq, na yopiq bayonot bergan. Bugun, Tvitterdagi şu sahifada vazir nomidan: «Biz oçiq siyosat tarafdorimiz, Özbekiston har doim ommaviy axborot vositalarini rivojlantirişga va barça jurnalistlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor», degan bayonot paydo bölişi bilan, TIV matbuot xizmatidagilar «bu soxta akkaunt» deb çiqişibdi.

Odamga alam qilarkan — şunça bayonot-u menşnlarga heç narsa deyilmas ekan-da (yolğon qurboniga aylangan beçora Hindiston va Afğoniston taşqi işlar vazirlari!), lekin «Özbekiston oçiq siyosat tarafdori, jurnalistlarni qöllab-quvvatlaydi» degan post çiqişi bilan, qörqib ketib, darrov «bu soxta akkaunt» deb çiqişarkan. Menimça, bunaqasi ketmaydi — agar öşa akkaunt soxta bölsa, Taşqi işlar vazirligining mfa.uz degan rasmiy saytida rasmiy qilib yoziş kerak (hoziroq), xuddi Özbekistonga aloqador biror nomaʼqul gap çiqib qolganida raddiyasifat bayonotlar berilganidek.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek