Grantga kirgan talabalarning 50 foizi maktab bitiruvçilari
Grantga kirgan talabalarning 50%ini joriy yilda maktabni tugatganlar taşkil qilgan
Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov joriy yilgi qabul jarayonlariga oid quyidagi ayrim maʼlumotlar bilan örtoqlaşdi:
1) 1,5 mln abituriyentning atigi 23 foizi bu yilgi maktab bitiruvçilari bölgan bölsa, ular davlat granti kvotasining 50 foizini egalladi. Qolgan 77 foiz abituriyentni taşkil etgan litsey, kollej bitiruvçilari yoki avvalgi yilgi bitiruvçilar ham OTMga harakat qilgan, repetitorga borgan, lekin ularning umumiy natijasi maktab bitiruvçilarinikidan ançagina orqada böldi.
2) Oliy taʼlimga bironta ham öquvçisi kirmagan maktablar soni 3 barobarga kamaydi, yaʼni ötgan yili 2126 ta edi, bu yil 692 taga tuşdi. Bunga ham ötgan yildan bunday maktab rahbarlarini lavozimiga loyiqligini jiddiy körib çiqiş boşlangani katta turtki böldi.
Endi buyoğiga direktorlarimiz va maktab jamoasi faqat natijaga harakat qilişi kerak. Natija bu bitiruvçilarning hayotda muvaffaqiyatga erişişi. Ularning bir qismi öqişni keyingi bosqiçiga ötsa, keyingi qismi öz işini topib ketişidir. Öqişga ham kirolmasa, iş ham topa olmasa, keyinçalik yoşlarimiz hayotda qiynalib qolişadi. Şu sababli maktab davridagi vaqtini aynan şu natijaga yönaltirişi, şu jumladan, ota-onalar bilan hamkorlikni kuçaytirişi kerak.
Bir oy davomida Xorazm, Navoiy, Sirdaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida bölib yaxşi körsatkiçga ega va umuman natija körsatmagan maktablarni soliştirganda asosiy farq aynan direktor va maktab jamoasining öz kasbiga bölgan fidoiyligi tufayli bölayotganiga amin böldik.
Soliştirganda körinadiki, aksariyat yomon körsatkiçga ega maktablarning moddiy texnik holati yaxşi körsatkiçga ega bölgan maktabnikidan ança yaxşi bölib çiqayapti. Eskiçasiga faqat maktabning taşqi körinişiga qarab direktorga baho berilganida, aksinça bular yaxşi bölib çiqardi va yaxşi natija körsatgan direktorga esa maktabining körinişi yaxşi bölmaganiga çora körilişi mumkin edi...
«Şuning uçun, öz işiga fidoiy bölgan pedagoglarimizga uşbu özgarişlarga sabab bölganlari uçun minnatdorçilik bildiramiz va kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz! Aksinça, bu sohaga adaşib kelib, avvalgidek paxta va boşqa ortiqça işlar bilan öralaşib yurişga örganib qolganlarga boşqa iş topişlarini tavsiya qilamiz», - deydi Xalq taʼlimi vaziri.
👉 @xushnudbek 👈

