Abituriyentlarga bir neçta yönalişni tanlaş imkoni kerak

Matn29-avgust, 2018, 11:181 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mavzuni davom ettirib

Bir abituriyentning bir neçta yönalişga hujjat topşira olişi haqida tezroq öylab körsak yomon bölmasdi (taxminiy 2021-yilgaça qoldirmasdan). Uşbu qaror OTMlarda nisbatan bilimlilar soni köpayişiga turtki bölardi.

Masalan, ayrim yönalişlarda 70 ball bilan byudjetga kirişyapti, ayrimlarida esa 160 ball bilan umuman kirolmayapti. Yaʼni narigi yönalişda talaba bölgan abituriyent şunçaki kuçsizlar orasida sal-pal kuçliroği xolos. Aslida juda unaqa yuqori intellekt sohibi ham emas.

Agar bir neçta yönalişlarga hujjat topşirişni yölga qöya olsak, raqobat kuçli joylarga kira olmagan, lekin bilim va salohiyat darajasida 80 ballilardan ança yuqori bölgan yoşlarimizni taʼlim tizimida saqlab qola olgan bölar edik.

Bundan taşqari davlat byudjeti uçun "planka"ni ança baland qöyiş kerak. Xalqni puliga tekinga öqiydigan talaba şunga loyiq bölişi şart. Masalan, heç bölmasa kamida umumiy ballning 55%ini (104 ball) töplaş majburiyatini joriy qilaylik. Agar heç kim bu ballni töplay olmasa, unda öşa yönalişda davlat grantida heç kimni öqitmaslik, faqat kontrakt asosida joylarni qoldiriş lozim. Undan köra öşa 70 ball bilan kirgan abituriyentni davlat grantida öqitgandan köra, şu pulni boşqa OTMlarda 170-180 ball olib kontraktga kirib qolganlarga sarflaş kerak. Ana şunda xalqni puli maqsadli sarflangan böladi, ijtimoiy adolat ham inobatga olinadi.

Bularning barçasi IMHO, albatta.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek