OTMlarda 13 mingdan ortiq qabul kvotasi bo‘sh qoldi
56,7 ballni ham töplay olmaganlar
Keça taşkil etilgan matbuot anjumanida Oliy va örta-maxsus taʼlim vazirligi boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov quyidagi maʼlumotni yetkazgan:
«2018-2019 öquv yili uçun respublika OTMlariga jami 679 ming 979 nafar abituriyent hujjat topşirgan (ötgan yili 729 947 nafar). 13 kun davomida ötkazilgan test sinovlarida 69 ming 516 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi. Ammo biz 82 ming 900ta qabul kvotasini joriy etgandik. Texnika yönalişlariga hujjat topşirgan abituriyentlar eng yuqori ballning 30 foizini (56.7 ball) ham töplay olişmagan. Natijada, respublika böyiça ajratilgan qabul kvotalarining 13 mingdan ortiği böş qoldi», deya boşqarma boşliği sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.
Avvalroq, «Blogerlar klubi» körsatuvida korrupsiya haqida dod-voy qilamizu, lekin aslida maktab va kollejlarni tugatayotgan yoşlarimizning özi juda unaqa bilimli emasligini faktlar bilan isbotlaşga harakat qilgandim.
Öşanda test savollari qiyin, şuning uçun past ball olişyapti, degan qarşi fikrlarni ham eşitdim. Biroq bu yoşlarimizning haminqadar bilimini töliq oqlaş uçun asos emas.
Joriy yilda test savollari ança osonlaştirildi. Lekin şunga qaramasdan 13 mingdan ortiq kvota böş qolibdi. Çunki atigi 56,7 ball töplaşni ham eplay olişmagan. Tavakkal belgilasa ham çiqadigan ball bu.
Xullas, test sinovlarining şaffoflaştirilganidan xursandligimiz öz yöliga, lekin yoşlarimizni maktabdan yaxşiroq öqitişni boşlamasak, kiriş imtihonlari ularni bilimli qilib qöymaydi. Yöqsa, kunimiz kinnaçilarga qoladi...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek


