Talabalar uchun 400 mln so'mlik ta'lim granti e'lon qilindi

Matn26-noyabr, 2020, 21:452 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Kontraktdagi talabalar uçun 400 mln sömlik taʼlim granti eʼlon qilindi
 
Özbekistonda ilk marotaba talabalarni moddiy qöllab-quvvatlaşga möljallangan www.metsenat.uz loyihasi işga tuşgani haqida xabar bergandik.

Bir guruh jamoatçilik faollarining taşabbusi bilan taşkil qilingan uşbu loyihadan közlangan asosiy maqsad yurtimizdagi metsenatlarni jalb qilgan holda ehtiyojmand hamda iqtidorli talabalarning tölov-kontraktini tölaşga yordam beriş, şuningdek stipendiyalar eʼlon qilişdan iborat.

Loyiha işga tuşgaç, şu kunning özidayoq ilk metsenatlar saytda talabalar uçun grantini joylaştirdi.

Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston yoşlar ittifoqi hamda “Mehrli qöllar” xayriya fondi tomonidan tölov şartnoma mablağlarini tölaşga muhtoj talabalar uçun 400 mln sömlik taʼlim granti dasturi eʼlon qilindi.

Bunda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan OTMlarda (çet el oliy taʼlim muassasalarining Özbekistondagi filiallari bundan mustasno) kunduzgi taʼlim (bakalavr bosqiçi)da tölov-şartnoma asosida taʼlim olayotgan (super kontrakt bundan mustasno) çin yetim, nogiron, ota-onasi (har ikkalasi) ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, Mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvçisini yöqotgan va 30 yoşdan oşmagan talabalar qatnaşa oladi.

Ğolib bölgan talabalarning stipendiyasiz hisoblangan tölov-şartnoma mablağining 50%igaça bölgan qismi tölab beriladi.

Grantda iştirok etiş uçun arizalar 10-dekabrgaça metsenat.uz sayti orqali qabul qilinadi.
 
Hurmatli talabalar, bunday imkonni qöldan boy bermang, omadingizni sinab köring!

❗️Şu örinda yurtimizdagi saxovatpeşa tadbirkorlar, yirik kompaniyalar, davlat va nodavlat taşkilotlarga ham murojaat qilmoqçi edim: imkoningiz bölsa, ilmga investitsiya kiriting, taʼlimni qöllab-quvvatlang, talabalarni rağbatlantiring. Metsenat.uz loyihasi sizga bu borada beminnat kömakçi bölişga tayyor.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek