ÖFAning hakamlar korrupsiyasi böyiça bayonotiga savollar

Matn28-noyabr, 2020, 17:301 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzКелишилган ўйинларда қатнашган айрим футбол ҳакамлари жазоланди ЎФА футбол фаолиятини назорат қилиш махсус инспекцияси томонидан футбол соҳасида бир қатор корр…

ÖFAning yuqoridagi bayonoti böyiça ayrim savollar bor edi.

Birinçidan, agar hakamlarning korrupsion holatlarga aralaşgani rost bölsa, unda ularga nisbatan jinoiy iş oçildimi?

Bu haqda ÖFA tegişli tergov organlarini ogohlantirdimi?

Axir korrupsiya kiçkina jinoyat emas, “biz özimiz quloğini tortib qöyamiz” deydigan.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bu böyiça biror bayonot beradimi?

Ikkinçidan, agar öşa hakamlar öyin natijasiga taʼsir qiladigan qarorlar çiqariş uçun kelişgani isbotlangan bölsa, unda öşa hakam bilan kelişib, “soqqasini bergan” futbol klubi masʼullariga javobgarlik yöqmi?

Öşa öyin natijalari bekor qilinib, hakamni öziga oğdirgan jamoaga mağlubiyat yozilmaydimi?

Kelişilgan öyinlar natijasi bekor qilinişi ortidan turnir jadvallariga özgariş kiritilmaydimi?

Xuddi Italiyadagi kabi kelişilgan öyinlarga aralaşgan futbol jamoalarining özi jazolanmaydimi? 2006/2007-yilgi mavsumda Italiya futbolining eng yirik vakillaridan biri bölgan “Yuventus” jamoasi kelişilgan öyinlarga aralaşgani uçun “B” seriyaga tuşirib yuborilgan edi. Bizdaçi? Bizda kuçimiz faqat hakamlarga yetadiyu, klublarga kelganda jazolaşning özbekona metodi böladimi?

Yoki hakamning pora olgani aniğu, lekin kimdan olganini aniqlab bölmay qoldimi?

Şu savollarga kimdir javob bersa, xursand bölardik.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek