Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Yevropaning 12 klubi yangi Superliga tuzilganini eʼlon qildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Futbolda «jang» boşlandi: Yevropaning 12 klubi yangi Superliga tuzilganini eʼlon qildi. UEFA esa klublar va futbolçilarga sanksiya qöllamoqçi

Ispaniyaning «Real» «Barselona», «Atletiko», Italiyaning «Milan», «Inter», «Yuventus» va Angliyaning «Arsenal», «Çelsi», «Liverpul», «Mançester Siti», «Mançester Yunayted», «Tottenhem» klublari yangi Yevropa Superligasi taşkil etilganini eʼlon qilişdi.

Uşbu yangi turnirni tuzişdan maqsad sifatida UEFAning daromadlarni bölişdagi moliyaviy adolatsiz siyosati körsatilmoqda.

Yangi tuzilgan Superliga prezidenti Florentino Peres böladi. Klublar bu musobaqani taşkil eta olişsa, uning öyinlaridan tuşadigan foyda özaro teng taqsimlanadi.

Musobaqa 15ta taʼsisçi klub va mavsumdagi natijalariga köra qöşiladigan yana 5 jamoa (jami 20ta klub) formatida taşkil qilinişi maʼlum qilingan.

UEFA va FIFA bu taşabbusga qarşi. Nafaqat qarşi, hatto sanksiyalar qöllanişi maʼlum qilinmoqda.

❗️YÇL va YEL yarim final öyinlari nomaʼlum muddatga qoldirildi. UEFA yangi turnirda iştirok etgan klublar milliy çempionatlarida qatnaşa olmasligi va hattoki futbolçilarga öz terma jamoalarida töp surişni taqiqlaş haqida ogohlantirmoqda.

Xullas, futbolda yaxşigina "jang" boşlandi. Milliardlab mablağ aylanadigan joyda qaçondir şu kabi kelişmovçilik paydo bölişi kutilgan edi. Köramiz, mojarolarning oxiri nima bilan tugarkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek