Alloh sevadigan sifatlar haqida hadis

Matn18-aprel, 2021, 19:091 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#hadis #ramazon

Omir ibn Saʼd ibn Abu Vaqqosdan, u esa otasidan rivoyat qiladi:

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Albatta, Alloh yoqimlidir, yoqimlilikni sevadi, pokizadir, pokizalikni sevadi, karamlidir, karamlilikni sevadi, öta sahiydir, öta sahiylikni sevadi".

Imom Termiziy, Bazzor va Abu Yaʼlo rivoyat qilganlar.

Odamlarning bir-birlari bilan böladigan ijtimoiy munosabatlarida uşbu hadisi şarifda zikr qilingan, Alloh taoloning Özida bölgan va buning bandalarida ham bölişini sevadigan sifatlar insoniyat uçun juda ham ahamiyatlidir. Uşbu sifatlarni özida mujassam qilgan kişilar insonlar jamiyatidagi eng yaxşilari bölişadi. Buning yuzaga çiqişi uçun esa, Islom joriy qilgan ijtimoiy odoblar yölga qöyilişi lozim.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek