Esnaganda oğizni qöl bilan yopiş odobi haqida hadis

Matn4-may, 2021, 19:121 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#hadis #ramazon

Abu Saʼiyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Biringizni esnoq tutsa, qölini oğziga qöysin. Çunki, şayton içiga kirib ketadi», dedilar».

Esnoqni qaytarişga urinmaslik şaytonga yöl oçib beriş ila barobar iş. Şuning uçun Nabiy sollallohu alayhi vasallam esnoqni qaytarişga öziga xos tavsiya qilmoqdalar.

Albatta, esnagan odam oğzini boriça oçib, ovoz çiqarib esnagandan köra, esnoq kelganda iloji boriça oğzini yumib, qöli bilan uni tösgani özi uçun ham, uning atrofidagilar uçun ham yaxşi va gözaldir.

Umuman olganda esnoq yaxşilik alomati emas. Unday narsani iloji boriça yuzaga çiqarmaslikka harakat qiliş lozim. Islom odobi şuni taqozo qiladi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek