Rözador uçun yolğon gapirişning hukmi haqida hadis

Matn25-aprel, 2021, 04:041 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim yolğon gapirişni va unga amal qilişni qöymasa, uning taomi va şarobini tark qilişiga Allohning ehtiyoji yöq», dedilar».

Beşovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.

Islom dini va taʼlimoti böyiça musulmon inson tilini doimo yomon sözlardan, behuda gaplardan tiymoği lozim. Rözador musulmon uçun esa bu taʼkid yana ham kuçli böladi.

Röza tutgan odam özini nafaqat taom va şarobdan, balki nomaʼqul gap-söz va işlardan ham tiymoği lozim. Zotan, özini taom va şarobdan tiyib turib, yolğon, iğvo, çaqimçilik, ğiybat, böhton sözlarni gapiraverişdan, noşarʼiy işlarni qilaverişdan nima foyda bor? Yoki uning oç qolişiga, çanqaşiga Allohning ehtiyoji bormi?

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobi asosida.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek