Rözaning uçta darajasi va iymon halovati haqida

Matn20-aprel, 2021, 04:121 daqiqa0 koʻrish

#hadis #ramazon

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Nazar soliş şaytonning zaharlangan öqlaridan biridir. Kim Allohdan qörqib, uni tark qilsa, Alloh azza va jalla unga qalbida halovatini topadigan iymon beradi», dedilar».

Imom Hokim rivoyat qilgan.

Ahli haqning nazdida rözaning darajasi uçtadir.

Birinçi daraja ommaning rözasi bölib, u qorin va farjni şahvatdan tiyişdan iborat.

Ikkinçi daraja xoslarning rözasi bölib, u birinçi darajaga ziyoda ölaroq köz, quloq, tilni, oyoq, qöl va boşqa aʼzolarni gunohlardan tiyişdan iboratdir.

Uçinçi daraja xoslardan ham xoslarning rözasi bölib, u avvalgi ikki darajaga ziyoda ölaroq, qalbni pastkaş himmatlardan, dunyoviy fikrlardan va Alloh taolodan boşqa narsalardan tiyişdan iboratdir.

Xos insonlarning rözasi «solihlar rözasi» deb ham nomlanadi. Bu darajadagi rözaning mukammal bölişi barça yoqimsiz va yomon narsalardan közni tiyiş hamda qalbni Alloh taoloning zikridan tösadigan narsalarga maşğul qilmaslik ila röyobga çiqadi.

Şayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Xislatli hikmatlar şarhi» 1-juz, kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek