Munofiqlikning belgilari va zararlari haqida
Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Uç narsa qay kişida bölsa, xolis munofiq bölur: gapirsa, yolğon gapiradi, vaʼda bersa, xilof qiladi, omonat işonilsa, xiyonat qiladi. Kimda şu xislatlardan bittasi bölsa, uni tark qilguniça nifoqdan bitta xislati böladi».
Ahmad rivoyat qilgan.
Har bir banda ehtiyot bölişi lozim bölgan qalb xastaliklaridan yana biri munofiqlikdir. Odamlar köz öngida Islom diniga mansubligini eʼlon qilib, hatto baʼzi amallarni ham qilib yuradigan, aslida eʼtiqodi buzuq bölgan kişilar
Munofiqlikning zararlaridan:
1. Alloh taolo munofiqning amalini qabul qilmaydi.
2. Munofiqning qalbida marazi böladi. U musulmonlarga yetgan musibatdan masrur va nusratdan mahzun böladi.
3. Munofiq baxil böladi. Molni faqat riyo uçun sarflaydi.
4. Munofiqning eʼtiqodi, ilmi va amali zalolatdadir.
5. Munofiq riyokordir.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya” kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈



