Iftorni tezroq qilişning fazilatlari haqida hadis
Matn21-aprel, 2021, 19:371 daqiqa0 koʻrish
Sahl ibn Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla «Men uçun bandalarimning eng mahbubi iftorni tezroq qiladiganidir», dedi».
Termiziy va Ahmad rivoyat qilgan.
Uşbu hadisi şarifda vaqt bölişi bilan darhol iftorlik qilişga tarğib etilmoqda va bu tufayli quyidagi yaxşiliklar bölişi vaʼda qilinmoqda:
1. Kişilarning xayrda bardavom bölişlari;
2. Islom dinining ustun bölişi;
3. Alloh taolo uçun mahbub bandalardan böliş. Şuning uçun iftor vaqti kirişi bilan darhol oğizni oçişga odatlanişimiz lozim.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈



