Rözadorga iftorlik berişning fazilati haqida hadis

Matn23-aprel, 2021, 19:141 daqiqa0 koʻrish

#hadis #ramazon

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim rözadorni iftor qildirsa, unga uning ajriça ajr bölur. Şu bilan birga, rözadorning ajridan heç bir narsa kam bölmas», dedilar».

Imom Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar.

Bu hadisi şarifda rözador kişi uçun iftorlik beriş ulkan savobli iş ekanligi taʼkidlanmoqda. Röza tutgan odamga qança savob berilsa, uning uçun iftorlik hozirlagan odamga ham şunça savob berilişi bayon qilinmoqda. Unga rözadorning savobidan olib berilmaydi, balki özi uçun alohida savob beriladi.

Lekin bu özi röza tutmay, rözadorga iftorlik tayyorlab bersa, röza tutgan örniga ötadi, degani emas. Röza tutiş har bir inson uçun farzdir. Har kim öz rözasini özi tutişi kerak. Boşqa heç narsa buning örnini bosa olmaydi. Rözadorga iftorlik beriş esa xayr-ehson hisoblanadi, xolos.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek