Islomda ğazabni yutiş va keçirimli böliş fazilati
Sahl ibn Muʼoz roziyallohu anhudan, u otasidan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim ğazabini unga amal qilişga qodir bölib turib içiga yutsa, Alloh uni qiyomat kuni xaloyiqning oldida çaqirib, huri iynlardan istaganini tanlaş ixtiyorini beradi», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilişgan.
Islomda ğazabni yutiş uluğ axloqlardan hisoblanadi. Qurʼoni Karim oyatlaridan taşqari bu oliy sifatning maqtovi Payğambarimiz alayhissalomning hadislarida, salafi solihlarimizning işlari va sözlarida öz aksini topgan.
Alloh taolo Şuro surasida marhamat qiladi:
«Katta gunohlar va fahş işlardan çetda böladigan va ğazablangan vaqtda keçirib yuboradiganlar uçundir» (37-oyat).
Yaʼni biror kişi ğazabini çiqarsa, keçirib yubora oladigan halim böliş, ğazab çiqqan vaqtda uni içiga yutib, öşa ğazab çiqişiga sababçi odamni keçirib yuboriş oliy darajadagi axloq doirasiga kiradi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya” kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 😁 1
