Ekologiya qömitasi ayiqni otişga ruxsat berilganini oqladi
Ekologiya qömitasi: «Qizil kitob»ga kiritilgan ayiqni otişga ruxsat berib, töğri qilganmiz»
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi «Qizil kitob»ga kirgan Tyanşan qönğir ayiğini otib öldirgan rossiyalik ovçi masalasida bayonot beribdi.
Mazkur bayonot öta noprofessional tarzda, ğiybatçi insonlarning minğir-minğiri şaklida yozilgan bölib, asosiy masala qolib, şu mavzuni kötarib çiqqan jurnalist va blogerlarning özini ayblaşibdi, ularga jazo borligi haqida ogohlantirib, tahdid ham qilişibdi.
Ekologiya qömitasining aytişiça, «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni otiş uçun har yili kvota tasdiqlanar ekan va otişga ruxsat bergani evaziga tölovi ham bölarkan (3 ming AQŞ dollari). 2021-yil uçun 2 dona Tyanşan qönğir ayiğini otiş orqali tutişga kvota belgilangan. Va eng qiziği öşa 2 ta kvotani bitta ovçiga taqdim etişibdi.
«Biz hammasini qonuniy va töğri qilganmiz», - deb iddao qilmoqda Ekologiya qömitasi.
Lekin Qömita şu uzundan-uzun bayonotida jurnalistlarga mağzava ağdargunça, nima uçun «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni otişga ruxsat berilişi, bundan közlangan maqsad nimaligi, noyob hayvonlarni umuman ovlamasdan, ularni yanada köpaytirsa nimalar bölişi, yillik kvota nimaga qarab belgilanişi, ruxsatnoma uçun bir neça ovçilar talabgor bölganda aynan qaysi asosga köra nomzodlar tanlanişi, bu jarayonda korrupsion elementlarning qanday oldi olingani («Qizil kitob»dagi hayvonning ruxsatnomasi uçun falon pul pora berilişi ham mumkin-da) haqida maʼlumot yozişganida foydaliroq bölardi.
Bundan taşqari Qömita ovçilar noyob va «Qizil kitob»ga kirgan hayvonlarni ovlagaç, şunaqa qon izlari bilan rasmlarni tarqatişi mumkinmi yoki yöqmi, bu hayvonot olamiga nisbatan zöravonlikni tarğib qiliş, qolganlarni ham noyob hayvonlarni ovlaşga undaş bölib qolmaydimi, ovçilar bunday rasmlarni tarqatiş orqali aholi, ayniqsa yoşlar psixologiyasiga salbiy taʼsir körsatmaydimi, şular haqida munosabat bildirsa yaxşi bölardi.
Özi umuman davlat organlari berayotgan köplab bayonotlar asosiy masala bir çetda qolib, jurnalistlarga aql örgatiş, ularga bilvosita tahdid qiliş mazmunida bölib qolyapti. Bu notöğri amaliyot. Masalaga, tuğilgan savollarga izoh beriş kerak, böldi. Agar jurnalist qonunni buzgan deb hisoblasangiz, ana sudga yoki tegişli organlarga şikoyat bering, körib çiqişsin, lekin özingiz qozilik qilmang.
Bunaqa bayonotlar asosan jurnalistlarni döst emas, öziga duşman deb biladigan taşkilotlardan çiqadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3

