Rossiyalik ovçiga Qizil kitobdagi ayiqni otişga ruxsat berildi
Rossiyalik ovçi, Ekoqömita raisi va beçora ayiq
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayevning yozişiça, Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi A.Maksudovning imzosi bilan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Ye.P.Şirokovga 2 dona Özbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan Tyanşan qönğir ayiğini otişga ruxsatnoma berilgan.
Ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça Böstonliq tuman inspeksiyasida 4-son bilan 2021-yil 31-mart kuni röyxatga olingan.
Rossiyalik ovçi esa Böstonliq tumanida 1 dona qönğir ayiqni otib, u bilan vahşiylarça suratga tuşgan. Uning yana bitta Tyanşan qönğir ayiğini otişga ruxsatnomasi bor.
Deputat uşbu holatga munosabat bildirar ekan, “Ekologiya qömitasining vazifasi HAYVONOT VA ÖSIMLIKLAR DUNYOSINI asraşdan iborat. Lekin bu iş hammasining aksini körsatayapti. Qömita rahbarining özi aşaddiy brakonyer va brakonyerlikni qöllab-quvvatlaydigan şaxs körinadi. Afsus bu kişini Qonunçilik palatasida uşbu lavozimga tasdiqlaşda ekologiyani saqllaşga hissa qöşsa kerak degan fikr bor edi. Endi esa ekologiyani u kişining özidan asraş kerak ekan" deydi.
Mazkur holatga tegişli organlardan munosabat kutib qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


